Abdulla Qahhor (1907— 1968)
Abdulla Qahhor Qo’qon shahrida kosib oilasida tug’ildi. Otasi oq-qorani tanigan savodli odam, temirchi usta edi. Uningo‘sha paytlarda bir joyda ish topib muqim ishlashi qiyin kechar, shu uchun qishloqma-qishloq ko’chib yurardi. Bunday ko’ch-ko’chlar tufayli oilasi ham turli joylarda yashashga majbur bo’lardi. Bu haqda yozuvchi « O‘tmishdan ertaklar» asarida hikoya qilgandi. Bu holat, tabiiyki, bo‘lg‘usi adibga ko‘p odamlarni ko’rish, g’aroyib voqealarning shohidi bo’lish, xalq hayotini chuqur bilish imkonini bergan. Yosh Abdulla 1919— 1924-yillarda boshlang’ich maktab, maktab-internatda o’qidi. Keyin Qo’qondagi pedagogika texnikumida ta’limoldi. So‘ng O‘rta Osiyo Davlat universitetining ishchilar fakultetini, pedagogika fakultetini tugatdi. Uning ijodi 20-yillarning o’rtalarida boshlandi. Dastlab maqolalar, lavhalar, felyetonlar yozib, ularda eski turmushni, ilmsiz, fikran qoloq, yangilikka qarshi turadigan odamlarni fosh qilishga intildi, hayotdagi yangiliklarni ulug’ladi. Abdulla Qahhor iste’dodli bo’lish bilan birga, havas qilarli darajada tirishqoq, mehnatsevar, ko’p kitob mutolaa qiladigan inson bo’lgan. Undan ikkita roman meros qolgan. Bu romanlarning biri «Sarob», ikkinchisi «Qo’shchinor chiroqlari»dir. «Sarob»romanini yozib tugallaganida 27 yoshda bo’lgan. 20-asrning 20-yillaridagi voqealar ,yangilikka moslasha olmagan, xalqning mustamlakachilik zulmi ostida yashashini istamagan, millat taqdiri uchun kurashganlar fojiasi aks ettirilgan bu roman yozuvchini xalqqa tanitdi. 1951- yilda tugallangan «Qo’shchinor chiroqlari» romanida 30-yillarda O’zbekiston qishloqlarida bo’lgan o’zgarishlar qalamga olingan. «O‘tmishda nertaklar» asariga yozgan so‘z boshisida Abdulla Qahhor rus yozuvchisi A.P.Chexovni ustozim deydi. Darhaqiqat, 30-yillarda Abdulla Qahhor bu adib asarlarini sinchiklab o’qib-o’rgandi va undan ta’sirlanib «Anor», «Bemor», «O‘g‘ri», «Boshsiz odam», «Jonfig‘on», «Dahshat»singari hikoyalarini yaratib, mohir hikoyanavis sifatida tanildi. G‘am-g‘ussaga to‘la bu hikoyalarida, shuningdek «O’tmishdan ertaklar» qissasida yozuvchi mustamlaka zulmi ostida ezilgan xalqimizning 20-asr boshidagi og‘ir hayoti, qismatini tasvirlagan.«Sinchalak» (1958) qissasi ham yozuvchi ijodida muhim o’rin tutadi. O’nlab xorijiy tillarga tarjima qilingan bu asar 20-asrning 50-yillaridagi ayollar ongidagi o’zgarishlar, ularning jamoat ishlaridagi faolligi, hayotda o‘z o’rnini topish uchun intilishlari to’g’risidadir. Adib nasriy asarlardan tashqari dramatik asarlar ham yaratgan. Uning Mirzacho’lni o’zlashtirishga intilgan insonlar hayoti, orzu –o’ylari («Yangi yer» —«Shohi so’zana», 1949-53), poraxo’rlik illatlarini («So’nggi nusxalar» — «Tobutdan tovush», 1962) va keksa avlod bilan yangi avlod o’rtasidagi munosabatlarni namoyon etuvchi («Ayajonlarim», 1967) pyesalari respublikamizdagi va chet ellardagi ko’plab teatrlarda sahnalashtirilgan. Yozuvchi badiiy tarjima bilan ham shug’ullangan. Abdulla Qahhor 1954 — 56-yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan. 1952-yilda «Shohi so’zana»asari uchun Davlat mukofotiga (1952),«O‘tmishdan ertaklar» qissasi uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1966). O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 2007 -yil 8-yanvarda «O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida» qaror qabul qildi.