ABDULLOH ibn MUBORAK

ABDULLOH ibn MUBORAK, to’liq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) — qomusiy olim, mashhur sufiy, muhaddis. Abdulloh Muborak ko’p mamlakatlarga sayohat qilgan. Marvda muhaddis va fiqhshunoslar uchun alohida rabotlar qurgan. Sufiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. Tarsus (Suryya)dan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirg’og’idagi xit shahrida dafn etilgan.