ABDULLOH II BIN TALOL

ABDULLOH II BIN TALOL (1962.30.1, Ammon shahri) — Iordaniya podshohi. Podshoh Husayn Bin Talol (1935-99) ning o’g’li. Angliya va AQShda ta’lim olgan. 1980 yil Britaniya harbiy akademiyasiga o’qishga kirgan va uni tugatib, Britaniya armiyasida xizmat qilgan. 1963-65-yillarda va 1999 yil 25 yanvardan Shahzoda. 1999 yil 7 Fevraldan Iordaniya Hoshimiylar Podshog’ligi podshohi.