ABDULLOH NASRULLOHIY

ABDULLOH NASRULLOHIY (taxminan 15-asr 70 – yillari — 16 – asr o’rtalari) — tarixchi olim. 15-asrning 90-yillarida Balx viloyati hokimi temuriyzoda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), Shayboniylar (Muhammad Shayboniyxon, Muhammad Temur Sulton, Suyunchxo’jaxon) xizmatida bo’lgan. Suyunchxo’jaxonning o’g’li Sulton Muhammad (boshqa bir ismi Keldi Muhammad, Shoxruxiya viloyati hokimi) topshirig’iga ko’ra «Zubdat ulosor» asarini yozgan (taxm. 1533). Undaturkiy, mo’g’ul xalqlarining tarixi, turkiylarning afsonaviy bobokaloni Yofas ibn Nuxdan boshlab Movarounnaxr va Xurosonni Shayboniylar bosib olgunigacha, dastlabki Shayboniylar davridagi Movarounnaxr va Xurosondagi siyosiy hayot (1525 yilgacha) bayon etilgan.