ABDULMO’MINXON

ABDULMO’MINXON (7-1599) -Shayboniylardan. Abdullaxon II ning o’g’li. Balx va Badaxshon hokimi (1582— 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589 yildan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni o’z o’g’li qolib, Qulbobo Ko’kaldoshga in’om qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Ko’kaldosh, Dinmuhammad Sulton va boshqalarga yozma farmon jo’natib, Abdulmo’minxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yo’q qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qo’llab-quvvatlab, uni Abdulmo’minxonga qarshi urushga undaydi. Bundan darg’azab bo’lgan. Abdulmo’minxon 1597 y. kuzida otasiga qarshi bosh ko’tarib, Balx va Badaxshon qo’shini bilan Amudaryo bo’yiga kelgan. Abdullaxon II ning qo’shini Nasaf (qarshi) atrofida joylashgan. Abdullaxonga ko’makka viloyat hokimlari, Masalan, Axsi va Andijon hokimi O’zbek Sulton o’z qo’shinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola o’rtasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmo’minxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan. Abdulmo’minxon mo’g’ullar vayron qilgan Balx qal’asini qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli ko’shk bunyod ettirgan. Ad.: Ahmedov B. A., Istoriko geograficheskay literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., T., 1985.