ABDURAHMON TOLE

ABDURAHMON TOLE (asl ismi Abdurahmon Davlat bo’lib, tole uning taxallusidir) (18 – asr birinchi yarmi) — buxorolik munajjim, shoir va tarixchi. U Buxoro xoni Abulfayzxon (1711-47) zamonida yashagan va hukumat doiralariga, xususan nufuzli Amir Abdulloh qushbegiga yaqin kishi bo’lgan. Abdurahmon Tole «Tarixi Abulfayzxon» asarining muallifidir. Bu asar 18-asrning birinchi yarmidagi Turkistonning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba bo’lib, aniq ma’lumotlarga boy.