ABDURAHMONOV
ABDURAHMONOV Abdujabbor (1907— Toshkent—1977) — O’zbekiston XKS raisi (1938-50). Marg’ilon, Farg’ona, Yangiyo’l va Qo’qon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929-37). 1954-57 yillarda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari va O’zbekiston SSR Davlat reja komissiyasining raisi. Vetnamdagi elchixonada iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahatchi (1960-64), O’zbekiston SSR Mahalliy sanoat vaziri (1966-70), O’zbekiston hukumatining SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi doimiy vakili (1970 -77) lavozimlarida ishlagan. Abdurahmonov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkentdagi politexnikum, ko’cha, Toshkent tumanidagi jamoa xo’jaligi uning nomiga qo’yilgan.
ABDURAHMONOV Abdurazzoq (1874, Qo’qon — 1938, Toshkent) — yog’och o’ymakori; otasi usta Abdurahmondan hunar o’rgangan. Islimiy naqshlar ustasi sifatida Shuhrat qozongan. U yog’ochga o’ygan naqshlar qo’shimcha bezak (pardoz) larga boyligi bilan diqqatga sazovor. Abdurahmonov asosan me’morlikka oid o’ymakorlik sohasida ishlagan. 1934 yilda Toshkentdagi Xalq xo’jaligi muzeyi (hozirgi Badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi) ning ikki tabaqali katta eshigini o’yib naqshlagan. Ko’plab shogirdlar (jumladan, M. Qosimov va boshqalar) tayyorlagan.
ABDURAHMONOV G’anijon Abdurahmonovich (1925.3.12, Farg’ona) — tilshunos, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), Filologiya fanlari Doktori (1960), professor (1966). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1946). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intida sektor mudiri (1958-66). Farg’ona pedagogika instituti rektori (1966-71), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (1971-78), Toshkent chet tillar in tining rektori I (1978-83). Toshkent pedagogika instituti I rektori (1983-88), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamashunoslik qo’mitasi raisi (1990-91), O’zbekiston Faning Tilshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi (1991-97). Abdurahmonovning asosiy ilmiy ishlari hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidagi qo’shma ran sintaksisi asoslari, milliy tillarning taraqqiyoti masalalariga bag’ishlangan. Bir qancha darslik va qo’llanmalar tuzgan: «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi», 1973; «Qadimgi turkiy til», 1982; «O’zbek tili», 1993; «Ona tili», 1995; «O’zbek tili va adabiyoti», 1995.
ABDURAHMONOV G’ulom (1910.1.5, Turkiston shahri — 1987.15.5, Toshkent) — o’zbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). O’zbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi O’zbek opera studiyasida (vokal bo’yicha) ta’lim olgan (1934-39). O’zbek opera va balet teatri (1939-54), O’zbek Davlat filarmoniyasi yakkaxoni (1954-81). Abdurahmonov ko’pgina opera, musiqali drama va komediyalardagi asosiy rollarni ijro etgan: Jo’ra («Bo’ron»), Bo’tako’z («Ulug’kanal»), Abbos («Davron ota»), Ravshan («Ko’r o’g’li»), Asqar («Arshin mol olon»), Qodir («Gulsara»), Majnun («Layli va Majnun»), Farhod («Farhod va Shirin»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Ne’mat («Halima»), Toshmat («O’zbekiston qilichi») va boshqalar. Repertuaridan ayrim xalq qo’shiklari, o’zbek kompozitorlarining asarlari («Kuylayman», «Jon qizlar» va boshqalar) ham o’rin olgan.