Abdurashid Abdug‘afurov (1931-2005) kim bo’lganini bilasizmi?
Abdug‘afurov Abdurashid Xo‘jayevich — (1931.1.15, Toshkent — 2005) — adabiyotshunos, matnshunos. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1979).
O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1951). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-76; 1981-92), bo‘lim mudiri (1992 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—81) bo‘lib ishlagan.
Abdurashid Abdug‘afurovning o‘zbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan «O‘zbek demokratik adabiyotida satira» (1961), «Navoiy satirasi» (1-jild, 1966), «Navoiy ijodida satira» (2-jild, 1972), «Zokirjon Furqat» (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan.
Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).
O‘xshash so‘zlar
- Abdurashid
- ABDURASHIDOV Komiljon kim bo’lgan?
- ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich kim bo’lgan?
- Abdurashid Nurmurodov (1955) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abdurauf Fitrat (1886-1938) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abdusaid Ko‘chimov (1951) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abduvali Qutbiddin (1960-2019) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abduvohid Qoriyev (1855-1938) kim bo’lganini bilasizmi?


