ABDUSAMATOVA

ABDUSAMATOVA Ra’no Jabborovna (1939.10.1, Oltiariq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchi (1995). Farg’ona pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1962). 1962 71 yillarda Farg’ona tumanidagi 4 – va 19-maktabda, 1971 yildan 3-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Abdusalomova maktabda tashkil etgan rus tili va adabiyoti xonasi tuman va viloyat ko’rik tanlovlarida g’olib deb topilgan.