ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY

ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY (to’liq nomi — Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn ash-Shayxxon Muhammad) (1872-1924) — hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi Muborakpur qishlog’ida ziyoli, taqvodor oilada dunyoga kelgan. Qur’oni Karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari bo’yicha zamonasining eng yirik allomalaridan ta’lim olgan. 22 yil davomida boshlang’ich va oliy madrasalarda, so’ng umrining oxirigacha «Dor ul-hadis ar-rahmoniyya» untida mudarris. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, Islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan «Siyrat al-Imom alBuxoriy» Islom olamida mashhur bo’lib, qadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955-86 yillarda Banorasda ikki marta nashr etilgan.