ADAMSIT
ADAMSIT, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kilogram/metr kub, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush (Sh)-xlorid AsCl3 dan yoki difenilamin xlorgidrat (C6H5)2NHHC1 va margumush oksidi As2O3 dan olinadi. Kimyoviy barqaror, qizdirishga va detonasiyaga chidamli. 1-jahon urushining oxirida zaharlovchi modda sifatida tavsiya etilgan. Yuqori nafas yo’llarini yallig’lantiradi.