ADAN
ADAN (Adan) Adolf Sharl (1803.24.7 – 1856.3.5) – frantsuz kompozitori. 40 dan ortiq opera yozgan. «Nyurenberg qo’ng’iroqlari» operasi, «Jizel», «Korsar» baletlari mashhur. «Jizel» baleti (1841) bilan frantsuz baletida romantik yo’nalishni boshlab berdi. Adanning «Korsar» va «Jizel» baletlari A. Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrining doimiy repertuaridan o’rin olib kelgan.
ADAN — Buyuk Britaniyaning 1839 — 1967 yillardagi mustamlakasi. Milliy inqilob natijasida Adan hududida 1967 yil 30 noyabrda mustaqil davlat tashkil topdi.
ADAN — Yaman Respublikasining iqtisodiy poytaxti, Adan muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 320 ming kishidan ziyod. Arabiston yarim oroli Janubiy sohilidagi tranzit port va yirik xalqaro aeroport. Kema ta’mir qilinadi. Shahar qadimda Adana (Asana) nomi bilan ma’lum edi. Adan 1839 — 1967 yillarda Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi harbiy-dengiz bazasi bo’lgan.