ADAN QO’LTIG’I

ADAN QO’LTIG’I – Arabiston dengizidagi qo’ltiq. Arabiston yarim oroli bilan Somali yarim oroli oralig’ida joylashgan. Uzunligi qariyb 900 kilometr eni 300 kilom gacha. Chuq. 3680 metrgacha. Bob-ul-Mandab bo’g’ozi orqali qizil dengiz bilan tutashgan. Suv ko’tarilishi nomuntazam yarim sutkalik (balandligi 2,9 metrgacha). Suv intensiv nur taratib turadi. Asosiy porti — Adan.