ADEKVAT TA’SIRLOVCHI

ADEKVAT TA’SIRLOVCHI, adekvat ta’sirot — retseptorlarni tanlab qo’zg’atadigan oddiy fiziologik ta’sirot. Retseptorlar shu ta’sirotni sezishga moslashgan bo’ladi. Masalan, ko’zga yorug’lik; quloqqa tovush; teriga issiq, sovuq, bosim, tegish-taqalish; tomirga qon kimyoviy tarkibi va bosimining o’zgarishi Advekat ta’sirlovchi hisoblanadi.