ADENTIYA
ADENTIYA (Yunoncha a— inkor qo’shimchasi va lotincha dens — tish) — embrionlik davrida tish o’rni shakllanishining buzilishi natijasida og’izda tishlarning bo’lmasligi. Tug’ma, orttirilgan (shikastlanish yoki kasallik tufayli) va irsiy Adentiya farq qilinadi. Ko’pincha teri va hosilalari (soch, ter bezlari) ning noto’g’ri rivojlanishi bilan birga kechadi.