AEROLOSIYA
AEROLOSIYA (Aero… va gollandcha loodsen —kemani olib yurish) — havo yo’lining mukammal tafsiloti (xaritasi). Shturmanning, shturmansiz uchish apparatlarida esa uchuvchining xatarsiz va adashmay uchishini ta’minlash uchun tuziladi. Aerolosiya havo yo’lining iqlim va tabiiy-geografik tafsilotini, samolyotdan ko’rinadigan mo’ljallarning tafsilotini, aerodrom, qo’nish maydonlari va meteorologik stansiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.