AFSHIN

AFSHIN — Ustrushona hokimlarining arablar fathidan avvalgi laqabi. Oxirgi Afshin Haydar ibn Kovus (manbalarda al-Afshin) xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi edi. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan g’alaba qilgani va Bobak qo’zg’olonini bostirgani evaziga xalifaning e’tiboriga sazovor bo’lgan. Biroq, 841 yil iyunda islomdan qaytganlikda ayblanib, o’lim jazosiga hukm etilgan. Afshin laqabi O’rta Osiyoda, umuman, uchrab turadi. Ya’qubiyda (ta’rix, 2-jild, 344-bet) Sug’diyona hokimi G’urak Qutayba ibn Muslim bilan tuzgan shartnomasida o’zini Sug’d ixshidi, Samarqand afshini deb atagan.