AGRIKOLA

AGRIKOLA Georg (haqiqiy familiyasi Bauer; lotincha agricola — dehqon, nemischa bayer so’zining tarjimasi) (1494.24.3 — 1555.21.11) — kon va metallurgiya bo’yicha nemis olimi (asli vrach). 1527 – 31 yillarda Yaximov shahrida (Chexiya), 1533 yildan Xemnis shahrida (Saksoniya) yashagan. Agrikola Yevropada birinchi bo’lib «Konchilik ishlari haqida…» (1550; 12 kitob, 1556 yilda nashr qilingan) asarida konchilik metallurgiya ishlab chiqarishni jarayonlar bo’yicha umumlashtirgan. Bu asar 18-asrgacha geologiya, konchilik ishlari va metallurgiya bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Agrikola qariyb 20 ta yangi mineralning tavsifini bergan va tashqi ko’rinishidan aniqlash metodini ishlab chiqqan. Metall va minerallarning shifobaxsh xususiyatlarini tadqiq etgan.