AHMAD IBN MUSO IBN SHOKIR

AHMAD IBN MUSO IBN SHOKIR (9- asr) – astronom. Ahmad al-Farg’oniy zamondoshi, tarixda Muhammad va Hasan ibn Muso ibn Shokir nomi bilan mashhur bo’lgan uch aka-uka hay’atshunos (munajjim)larning biri. Aka-ukalari qatorida Ahmad ibn Muso ibn Shokir Ma’mun akademiyasi hisoblangan «Bayt ul-hikmat»da ishlagan vaqtida Vizantiyadagi yunoncha qo’lyozma manbalarni ko’rish uchun uyushtirilgan ekspeditsiyada qatnashgan. U Ahmad al-Farg’oniy rahbarligida aka-ukalari bilan Sanjar sahrosi va Kufaning tot degan joyida xalifa Ma’munning topshirig’i bilan yer meridiani bo’ylab kenglik darajalari orasini muvaffaqiyatli ravishda o’lchagan. Aka-ukalar Bag’doddagi bob uttoq (toq darvozasi) degan joy 33°20′ shimoliy kengliqda ekanligini juda to’g’ri aniqlashgan. Ahmad ibn Muso ibn Shokir «Kitobi ma’rifat misohat il ashkol il-basita valquraviya» («Yumaloq va tekis shakllarni o’lchashni o’rganish») nomli 18 bobdan iborat asar muallifi.