AHMAD IBN SA’DIDDIN O’ZGANDIY

AHMAD IBN SA’DIDDIN O’ZGANDIY (10 – asr) — tarixchi olim. U, asosan, bizgacha yetib kelgan «Tazkirai Bug’roxon» nomli asari bilan mashhur. Bu asar uvaysiya tariqati muridlaridan biri bo’lgan birinchi qoraxoniy Abdulkarim Sotuq Bug’roxonta bag’ishlangan. Asar uvaysiya tariqatidagi shayxlarning tarjimai holini aks ettirgan. 30 bobdan iborat bu asarning 7 – bobida Bug’roxon tarjimai holi keltiriladi. Asar fors tilida yozilgan. Keyinchalik Muhammad Niyoz Koshg’ariy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Asarning fors tilidagi asl nusxasidan va turkiy tilga qilingan tarjimasidan ko’chirilib, bizgacha yetib kelgan 5 ta qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.