AJDAR OY

AJDAR OY — yer atrofidan aylanishi orbitasining bir xil tuguni (chiqish yoki botish) orqali oyning ikki ketma-ket o’tishi o’rtasidagi vaqt oralig’i. Ajdar oyning 1900 yil boshidagi davomiyligi 27,2122204 o’rtacha quyosh sutkasi (kecha-kunduz) ni tashkil qilgan. U 100 yilda 0,0035 sekta uzayadi.