AJIBOY QO’LTIG’I

AJIBOY QO’LTIG’I – Orol dengizining Janubiy-g’arbidagi qo’ltiq. Maydoni 1000 kilometr kvadrat, uzunligi 41 kilometr, eni 30 kilometr, eng chuqur joyi 9,2 metr bo’lgan. Orol dengizi sathining 8 metrga pasayishi tufayli 1981 yil qo’ltiq kuridi. Ajiboy qo’ltig’i tubi qirg’oqqa yaqin (10-15 kilometr masofagacha) yalang eol qum shakllari (barxan, do’ng va hokazolar), undan shim. esa qoldiq, taqir va faol sho’rxoklar bilan band. Qumliklarda qora saksovul, cherkez, qandim, sho’ra, sho’rxoklarda sarisazan, yulg’un, qorabaroq o’sadi. Sudoche ko’lidan boshlangan yer osti suvlarining oqimi mavjudligidan grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun Ajiboy qo’ltig’ida galofit o’simliklari keng tarqalgan.