AKKERMAN KONVENTSIYASI
AKKERMAN KONVENTSIYASI – Rossiya bilan Turkiya o’rtasida 1826 yil 7 oktabrda Akkerman shahrida tuzilgan shartnoma. 1812 yilgi Buxarest sulhinn to’ldirgan. Moldaviya, Valaxiya va Serbiyaning imtiyozlariga rioya qilinishi yuzasidan Turkiya majburiyat olgan. Rossiya savdo kemalariga Turkiya hududiy suvlarida suzib yurish, rus fuqarolariga esa barcha turk viloyatlarida savdo qilish huquqi berildi. Rossiya va unga do’st davlatlar turk bo’g’ozlaridan ham bemalol foydalanadigan bo’ldi. Akkerman konventsiyasi Rossiyaning Yaqin Sharq va Bolqondagi mavqeini mustahkamlashda muayyan rol o’ynadi.