AKRIDIN
AKRIDIN (dibenzopiridin), och sariq rangli ignasimon kristallar. Qaynash temperaturasi 346°. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Eritmalari havo rang tusda fluoressentsiyalanadi. Akridin toshko’mir smolasida uchraydi. Kuchli mineral kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Kimyoviy barqaror, 280° gacha kontsentrlangan xlorid kislota va o’yuvchi kaliy ishtirokvda qizdirilganda ham o’zgarmaydi. Uning ba’zi hosilalari qimmatbaho bo’yoq, ayrimlari (akrixin, rivanol) esa biologik moddalardir.