AKTSEPTOR

AKTSEPTOR (lotincha acceptor — qabul qiluvchi) — yarimo’tkazgichlar valent zonasidagi elektronlarni «tutib oluvchi» kirishma atom; u valent zonada hosil bo’luvchi va elektr o’tkazuvchanlikda ishtirok etuvchi kovakka ekvivalentdir. Ge va Si kristallidagi V, Al, Ga atomlari — Akseptorga misol bo’la oladi.