ALAMLISOY
ALAMLISOY — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitog’ning Janubiy yon bag’rida 900 metr balandlikdan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uzunligi 8 kilometrdan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100-200 metr. Vodiyda uchtagacha terrasa bor. Suv yig’ish havzasi maydoni 11 kilometr kvadrat. Yomg’ir va buloqlardan suv oladi. O’rtacha yillik suv sarfi 20-25 l/sekund. Alamlisoy suvining ko’p qismi (40%) bahorda (birgina aprel oyida 18%) oqadi, qolgan oylarda 5-9% dan ortmaydi. Bahorda sel kelib turadi. Alamlisoy yoqasida Alamli qishlog’i chorvadorlarining qo’tonlari joylashgan.