ALDARAZSOY

ALDARAZSOY — Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi soy. Karoqchitog’ning Janubiy-g’arbidagi adirlardan boshlanib, Janubga tomon oqadi. Yomg’ir va buloklardan suv oladi. Uzunligi 16,5 kilometr. Aldarazsoydan, asosan, Aldaraz qishlog’i suv ichadi.