ALDOL KONDENSATLANISH
ALDOL KONDENSATLANISH, aldol kondensasiya — ikki molekula aldegidning o’zaro birikib, tarkibida aldegid va alkogol guruhi bo’lgan moddalar, ya’ni aldollar hosil qilishi. Aldol kondentlanish ilk bor 1872 yilda nemis kimyogari A. Vyurs tomonidan kashf qilingan. Ketonlar ham Aldol kondentlanish reaktsiyasiga oson kirishadi. Aldol kondentlanish natijasida hosil bo’ladigan aldegidspirtlar reaktsiyaga juda tez kirishuvchan moddalar; o’simlik to’qimalarida bo’ladigan ko’pchilik jarayonlarni o’rganishda ularning katta ahamiyati bor.