ALEKSANDROV ANATOLIY PETROVICH

ALEKSANDROV ANATOLIY PETROVICH (1903, Kiyev — 1994, Moskva) — rus fizik olimi. Akademik (1953). Atom fani va texnikasi sohasida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar rahbari. Yadro energetikasi asoschilari va tashkilotchilaridan biri. I. V. Kurchatov nomidagi atom energiyasi instituti direktori (1960 yildan). 1975— 86 yillarda sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi prezidenti. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy akademigi (1978). Ilmiy ishlari dielektriklar, polimerlarning elektr va mexanik xossalarini tadqiq qilishga oid. Qattiq jismlar mustahkamligining statistik nazariyasini yaratgan. Kemalarni minalardan himoya qilish usulini ishlab chiqqan va bu usul 2-jahon urushida qo’llanilgan, polimerlangan stirolni kashf etgan, polistirol kondensatorni yasagan.