ALEVROLIT

ALEVROLIT (Yunoncha aleuron — un va litos — tosh) — qattiq chaqiq jins. Asosan o’lchami 0,01—0,1 millimetrgacha bo’lgan donalardan tuzilgan (alevrit). Tsementlashgan, zichlashgan va bir qadar diagenetik o’zgarishga uchragan.