ALI AKBAR

ALI AKBAR — movarounnahrlik sayyoh. 15 – asrning 2 – yarmida Movarounnahrdan Istanbulga borib, Ali Qushchi xizmatida bo’lgan. 1506 yilda Xitoyda uch oyga yaqin bo’lib, o’z ko’rgan-bilganlarini fors tilida «Xitoynoma» asarida yozib qoldirgan. Ali Akbar o’z kitobida Xitoyni 4 viloyatga bo’lgan. Uning sayohatnomasi 16-asr oxirida turkchaga tarjima qilingan.