ALIF
ALIF — Arab alifbosida va u asosida tuzilgan eski o’zbek yozuvidagi birinchi harfning nomi. Eski o’zbek yozuvida bu belgi hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir-biridan farqli bo’lgan ikkita unlini: 1) til orqa umumturkiy a va 2) til oldi yumshoq a unlilarini ifodalaydi. Bundan tashqari, Alifi — i, y, e, (3), (8) — o tovushlarini ifodalash uchun qo’llanar edi. Hozirgi yozuvdagi bir (1) raqami Alif shaklidan olingan.