Alinazar Egamnazarov (1941) kim bo’lganini bilasizmi?
Alinazar Egamnazarov 1941 yili Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1959-1964 yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida o‘qigan.
Mehnat faoliyatini 1964 yilda «Sirdaryo xaqiqati» gazetasida boshlagan. 1968-1998 yillari «Toshkent oqshomi» gazetasi va «Sharq yulduzi» jurnalida turli lavozimlarda mehnat qilgan. Hozir u O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib ishlaydi.
Alinazar Egamnazarov «Ustozga ta’zim», «Ochig‘ini aytganda», «Muqaddas uy», «Yigirma milliondan biri», «Siz bilgan Dukchi Eshon», «Surgun» kitoblarining muallifidir.
O‘xshash so‘zlar
- Alinazar
- ALINAZAR QORI
- Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885-1976) kim bo’lganini bilasizmi?
- Almaiy (1851/52-1894/95) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amin Umariy (1913-1942) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amir Fayzulla (1945-2020) kim bo’lganini bilasizmi?
- Amirqul Karim (1960) kim bo’lganini bilasizmi?
- Anbar Otin (1870-1906) kim bo’lganini bilasizmi?


