ALLA-PRIMA

ALLA-PRIMA (italyancha alia prima) -rangtasvir ishlash usullaridan. Bunda rassom mo’yqalam bilan ishlanayotgan yuzaga rang surtmalarini qurib ulgurmasidan ishlab, imkoniyat boricha bir rang surtmasida tez bajarishi lozim. Rassomdan bir harakat bilan kerak rang tuyimini olish va kerak joyga kerakli hajm va shaklda bera olish talab etiladi. Alla-prima usulining o’ziga xos xususiyati — u asar ranglarini toza, tiniq bo’lishini, bo’yoq qatlamining chidamliligini ta’minlaydi. Bu usulda ko’p vaqt talab qiladigan, katta mavzu, salmoqli, mujassamoti murakkab asar yaratilmaydi.