ALLELOPATIYA

ALLELOPATIYA (Yunoncha allelon – o’zaro, pathos — ta’sir) — turli organizmlarning har xil moddalar ajratib chiqarish orqali o’zaro ta’sir ko’rsatishi. Masalan, ayrim mikroorganizmlar antibiotiklar ishlab chiqarib boshqa mikroorganizmlar rivojlanishini zaiflashtiradi yoki ularni butunlay nobud qiladi; ayrim yuksak o’simliklarning moddalar almashinuvi jarayonida hosil qilgan zaharli moddalari boshqa o’simliklarga ta’sir etib, o’simlik faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi; hasharotlar esa yuksak o’simliklarga ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqaradi va hokazo.