ALOQA UZELI

Ma’nosi

ALOQA UZELI – 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmog’ining tarkibiy qismi. Tarmoq Aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzilishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon stansiyalari amalga oshiradigan asosiy Aloqa uzeliga; katta sig’imli telegraf stansiyalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan viloyat Aloqa uzeliga; kichik sig’imli telegraf stansiyalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tuman Aloqa uzeliga bo’linadi. Radioeshittirish uzeli tarmoq Aloqa uzelining bir turi hisoblanadi; 2) aholiga, ishlab chiqarish korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizmati ko’rsatiladigan aloqa korxonasi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar