«ALOQABANK»
«ALOQABANK» — O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan aqtsiyadorlik tijorat banki. 1995 yil 22 martda ro’yxatdan o’tgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpog’iston (Nukus shahri), Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmog’ini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi, fantexnika yutuqlarini rivojlantirishga ko’maklashadi, davlat byudjetining kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, mijozlarga turli bank xizmatlar ko’rsatadi. Aktsiyadorlik kapitali summasi (million so’m, 1997 yil 1 yanvar) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, ko’rilgan yillik foyda 67,8; jami aktivlari 724,1.