ALTERNARIOZLAR

ALTERNARIOZLAR – o’simliklarning zamburug’li kasalliklari. Ekinlarda Alternariozlarni Alternaria turkumiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Kasallangan o’simlik to’qimalari ustida saprofit zamburug’ — alternariya to’q jigarrang duxobasimon dog’-g’ubor hosil qilib rivojlanadi. Dog’lar doirasida to’qimalar asta-sekin o’ladi. Don ekinlari, kartoshka, olma, karam, nok, rezavorlar va boshqalarga katta zarar yetkazadi. G’o’zada uchraydigan Alternariozlar chanoqlardagi paxtani buzadi. Tola texnologik xususiyatlarini, chigit moydorlik va unuvchanligini yo’qotadi. O’ta namgarchilik, kuzning erta boshlanishi, hasharotlar (o’simlik bitlari, o’rgimchakkana, ko’sak qurti) kasallikning tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo’ladi. Kurash choralari: o’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, urug’likni dorilash, vegetasiya davrida o’simlikka fungisidlardan tsinebning 1,5% li suspenziyasini purkash.