AMILENLAR

AMILENLAR, pentenlar — oltita izomeri bo’lgan olefinlar qatorining to’yinmagan uglevodorodlari. Oddiy sharoitda ularning hammasi suyuqliqdir. Amilenlar alyuminiy xlorid ta’sirida polimerlanadi. Sulfit angidrid (SO2) ishtirokida rezinasimon holga keladi. Amilenlar polimerlari texnikada ko’p ishlatiladi.