AMILASETAT

AMILASETAT, sirka kislotannig amil efiri. Xushbo’y, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi — 75′, qaynash temperaturasi 149,2°, zichligi 875,3 kg/m3. Molekulyar modda 130,18. Amilasetat sirka kislota bilan amil spirt kontsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganida hosil bo’ladi. Uning izomeri — izoamilasetat «nok essentsiyasi» nomi bilan ichimliklar va qandolat tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada nitrosellyuloza uchun erituvchi sifatida (kinoplyonkalar, tselluloid ishlab chiqarishda) foydalaniladi.