AMILAZALAR

AMILAZALAR — uglerodning 1 – va 4-atomlari o’rtasidagi glyukozid bog’larini parchalash yo’li bilan kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaxaridlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ishtirok etadigan reaktsiyalarda asosan dekstrinlar hosil bo’ladi. (3-amilaza yuksak o’simliklarga xos bo’lib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil bo’lishini tezlashtiradi. Glyukoamilaza hayvonlar koni, mog’or zamburug’lari, bakteriyalar va boshqalarda bo’lib, glyukoza va dekstrinlar hosil bo’lishini tezlashtiradi. Odatda polisaxaridlar gidrolizida turli Amilzalar baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urug’lari ekstrakti ta’sirida kraxmalning shakarlanishi (Amilzalarning fermentativ ta’siri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir etgan (1814). Amilzalarning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaxaridlar zaxirasini safarbar qiladi (masalan, urug’ unayotganda). Ovqat hazm qilishda ham Amilzalarning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning so’lagida va me’da osti bezining shirasida Amilzalar bor. Mikroorganizmlar kraxmalni iste’mol qila turib, Amilzalar chiqaradi. Mog’or zamburug’lari bilan bakteriyalardan olinadigan a – amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyukoamilaza esa kraxmaldan glyukoza ishlab chiqarishda qo’llaniladi.