AMIROV FOZIL FAYZRAHMONOVICH

AMIROV FOZIL FAYZRAHMONOVICH (1914.26.1 — Toshkent — 1979.7.7) — topanatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971); tibbiyot fanlari Doktori (1960), professor (1961), TOShMi topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasi mudiri (1966 yildan). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-46). Amirov bronxlar va o’pkani operatsiya qilish usullari, xususan shu a’zolarda plastik operasiya o’tkazish masalalariga oid ilmiy asarlar muallifi.