AMPER-SOAT

AMPER-SOAT — elektr miqdorining tizimga kirmagan birligi. Amper-soat elektr tok kuchi 1 amper bo’lganida bir soat davomida o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan o’tgan elektr zaryadiga teng. Akkumulyatorlar zaryadi odatda Amper-soat bilan ifodalanadi.