Anafema
Anafema (yunoncha anaphema-rad qilish, haydash)-xristianlikda cherkov la’natlashi, cherkovdan haydash, dindan qaytgan deb e’lon qilish. Anafema so’zi IV asrda (Laodikiya va Elvira soborlaridan) muomalaga kiritilgan va Xalkidoniya sobori (451)dan boshlab bosh jazo turiga aylangan. Yan Gus, Janna d’Ark, Martin Lyuter, Genrix VIII, Jordano Bruno va boshqa ko’plab taniqli kishilar, turli oqimlar (panteizm, naturalism, ratsionalizm, sotsializm, kommunizm), maxfiy jamiyatlar shunday jazoga loyiq ko’rilgan.