Anarxo
Anarxo-sindikalizm (yunoncha anarchia-beboshlik, tartibsizlik, syndikos-uyushma)-xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta’sirida bo’lgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin, ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qo’liga o’tishi lozim deb hisoblagan. Anarxo-sindikalizm sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning “oliy shakli” sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi “to’g’ridan-to’g’ri harakat” taktikasini yoqlagan. XIX asr oxirlarida Fransiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, XX asr boshlarida keng tarqalgan.
O‘xshash so‘zlar
- ANARXIZM
- ANARXIYA
- ANARXIZM
- ANARXIK KOMMUNIZM
- ANARXO-SINDIKALIZM
- ANARXO-SINDIKALIZM
- Anartriya nima degani
- Anbiyo deganda nima tushuniladi?







