ANALITIK CHATISHTIRISH

Ma’nosi

ANALITIK CHATISHTIRISH, tahliliy chatishtirish — birinchi avlod duragaylarini resessiv gomozigotali ota-ona formalar bilan chatishtirish; bekkrossning bir ko’rinishi. Shuningdek, Analitik chatishtirishdan genetika-selektsiya tadqiqotlarida boshlang’ich Materialning genotipini taxlil qilishda, krossingover — birikkan (tutashgan) genlar rekombinasiyasi foizini aniqlashda ham foydalaniladi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar