ANDIJON TILLAR PEDAGOGIKA INSTITUTI

ANDIJON TILLAR PEDAGOGIKA INSTITUTI, Cho’lpon nomidagi Andijon davlat pedagogika instituti — filolog pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o’quv yurti. Andijon shahrida. Cho’lponning 100 yilligi munosabati bilan 1997 yilda institutga uning nomi berildi. Andijon pedagogika instituti rus tili va adabiyoti hamda chet tillar fakulteti asosida 1966 yil tashkil etilgan. Institutda 3 ta — ingliz tili, roman-german tillari, tillar fakulteti va 16 kafedra bor. Bundan tashqari zamonaviy axborot markazi, 3 kompyuter sinfi, 2 laboratoriya, 250 mingdan ziyod kitob jamg’armasiga ega kutubxona, 200 o’rinli qiroatxona. 16 fan kabinetlari, sport zali, suzish havzasi mavjud. 1999/2000 o’quv yilida 1345 talaba tahsil oldi; 205 o’qituvchi (shu jumladan, 6 fan doktori, 49 fan nomzodi) ishladi. Institut tarkibida 200 o’quvchiga ega bo’lgan litsey, maktabgacha tarbiya muassasalari uchun ingliz tili bo’yicha murabbiy-treyneri hamda tarjimon mutaxassisligi beruvchi ikki yillik pedagogik kasb kurslari faoliyat ko’rsatadi (2000).