ANGISHVONA

ANGISHVONA (forscha angusht — barmoq, vona — saqlovchi) — ish tikishda barmoq uchiga kiyiladigan metall g’ilof; Angishvonaning yon va ustki yuzalarida ignaning keti qadaladigan (toyib ketmasligi uchun) chuqurchalar bo’ladi. Kiyimkechak, ko’rpa-yostiq tikishda barmoqlarga igna sanchilmasligi va ignani qalinroq gazlamadan o’tkazishda ishlatiladi. Qadimda Angishvona charmdan ham yasalgan.