ANIQ (PRESIZION) QO’YISH

ANIQ (PRESIZION) QO’YISH – metallurgiyada mexanik ishlov berishni talab qilmaydigan quymalar olish usuli. Qiyin ishlov beriladigan materiallar (legirlangan po’lat, olovbardosh va qattiq qotishmalar va hokazolar) ni qo’yishda Aniq qo’yish ishlatiladi. Aniq qo’yish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: buyum namunasini tayyorlash; mum modellar quyish uchun press-qolip tayyorlash; mum modellar quyish; quyma qolipini tayyorlash; mumni eritish va qolipini qizdirish; metallni eritish va qolipga quyish; quygichlarni urib chiqarish va quymani tozalash. Aniq qo’yish usuli sanoatning turli sohalarida keng qo’llaniladi.