Anjoma
Anjoma (forscha temir libos)-ot-ulov abzallaridagi metallik qismlarning umumiy nomi (ayil, no’xta, uzangi, yugan, o’mildiriq, quyushqon kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Ko’pincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin chopila o’rnatiladi. Buning uchun Anjoma yuzini egovlab yoki qalamcha va bolg’a bilan chekib tishlar chiqariladi. Bu tishlarning o’yiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin similar yotqizib, ustidan bolg’a urilsa, similar o’rnashib, naqsh paydo bo’ladi. So’ngra Anjoma yuzini silliqlab jilo beriladi.
O‘xshash so‘zlar
- ANJOM
- ANJOMA
- ANJOMASOZLIK
- Anjuman deganda nima tushuniladi?
- Anna parenna deganda nimani anglaysiz?
- Annallar deganda nimani anglaysiz?
- Annatlar deganda nimani anglaysiz?
- Anneksiya deganda nimani anglaysiz?






